«aqshdagi saylovlar» tegli maqolalar


Donald Tramp o‘zini AQShning yangi prezidenti deb e’lon qildi
6 noyabr 2024, 13:08

Donald Tramp o‘zini AQShning yangi prezidenti deb e’lon qildi

AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod Donald Tramp Floridada yig‘ilganlarga minnatdorlik bildirib, o‘zini AQShning 47-prezidenti deb atadi. “Bu Amerika xalqining hayratlanarli g‘alabasi bo‘lib, bizga uni yana buyuk qilish imkonini beradi”, — dedi u. Ovozlarni sanash hali tugagani yo‘q.

AQShda respublikachilar Senat ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi
6 noyabr 2024, 12:29

AQShda respublikachilar Senat ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi

G‘arbiy Virjiniya va Ogayo shtatlaridagi g‘alabalar tufayli respublikachilar Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu ikki g‘alaba respublikachilarga 100 o‘rinli Senatda kamida 51 o‘rinni egallash imkonini beradi.

AQShning yangi prezidenti nomi qachon ma’lum bo‘ladi?
5 noyabr 2024, 12:08

AQShning yangi prezidenti nomi qachon ma’lum bo‘ladi?

AQShda prezidentlik saylovlari boshlanishiga sanoqli soatlar qoldi. G‘olib nomi qachon ma’lum bo‘lishi mumkin, ovozlar qanday hisoblanadi, nima saylov natijalarini uzoq kutishga olib kelishi mumkin — material shu haqda.

Tramp noyabr saylovlarida yutqazsa, keyingilarida qatnashmasligini aytdi
23 sentabr 2024, 20:40

Tramp noyabr saylovlarida yutqazsa, keyingilarida qatnashmasligini aytdi

AQShda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlarda yutqazsa, 2028-yilgisida qatnashmasligini aytdi.

AQShda Trampga qarshi yangi ehtimoliy suiqasdga urinish tekshirilmoqda
16 sentabr 2024, 16:44

AQShda Trampga qarshi yangi ehtimoliy suiqasdga urinish tekshirilmoqda

AQShda prezidentlikka nomzod Donald Tramp golf o‘ynayotgan golf klubi yaqinida otishma yuz berdi. Gumonlanuvchi hibsga olindi, FQB sobiq prezidentga qarshi ehtimoliy suiqasdga urinishni tekshirmoqda. Bu so‘nggi ikki oy ichidagi mana shunday ikkinchi hodisadir.

Donald Tramp Kamala Harris bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi
13 sentabr 2024, 09:12

Donald Tramp Kamala Harris bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp demokratlardan raqibi Kamala Harris bilan bo‘lgan debatda g‘olib chiqqanini aytib, u bilan boshqa debat o‘tkazmasligini ma’lum qildi. “Harris o‘tgan 4 yilda qilishi kerak bo‘lgan ishlarga e’tibor qaratishi kerak”, degan Tramp “Uchinchi debat bo‘lmaydi!” — deb ta’kidladi.

Kamala Harris va Donald Tramp debatda nimalar dedi? Asosiy ma’lumotlar
11 sentabr 2024, 11:48

Kamala Harris va Donald Tramp debatda nimalar dedi? Asosiy ma’lumotlar

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp debatda Kamala Harrisni Baydenning iqtisodiy dasturini ko‘chirganlikda aybladi, shuningdek, uni “marksist” deya atadi. Harris esa Tramp haqida “sharmanda” so‘zini qo‘llab, dunyo yetakchilari uning ustidan kulayotganini aytdi. Nomzodlar Ukrainadagi urushga ham to‘xtaldi.

Harris va Tramp 10-sentabr kungi debat qoidalarini kelishib oldi
6 sentabr 2024, 00:11

Harris va Tramp 10-sentabr kungi debat qoidalarini kelishib oldi

AQSh prezidentligiga nomzodlar Kamala Harris va Donald Tramp o‘rtasidagi ilk debat 10-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Zalda tomoshabinlar bo‘lmaydi, raqiblarning mikrofonlari esa navbat bilan yoqiladi.

“Amerika, men sen uchun hammasini qildim”. Bayden demokratlar oldida xayrlashuv nutqini aytdi va estafetani Harrisga uzatdi
20 avgust 2024, 22:09

“Amerika, men sen uchun hammasini qildim”. Bayden demokratlar oldida xayrlashuv nutqini aytdi va estafetani Harrisga uzatdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Demokratik partiya qurultoyida prezidentlik faoliyatini sarhisob qilib, xayrlashuv nutqini irod etdi. U yana “demokratiyani saqlab qolish” uchun Donald Trampni mag‘lub etishga chaqirdi va Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlab, tajribali va nihoyatda halol deb atadi.

Donald Tramp X tarmog‘ida Ilon Maskka intervyu berdi
14 avgust 2024, 03:22

Donald Tramp X tarmog‘ida Ilon Maskka intervyu berdi

AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp milliarder Ilon Maskka intervyu berdi. Suhbat Maskning X platformasida bo‘lib o‘tdi va texnik muammolar tufayli 40 daqiqa kechikish bilan boshlandi. Siyosatchi va biznesmen turli mavzularni muhokama qildi, shuningdek, “bir-birlariga maqtov yog‘dirdi”.

Kamala Harris demokratlardan prezidentlikka nomzod bo‘ldi
6 avgust 2024, 17:01

Kamala Harris demokratlardan prezidentlikka nomzod bo‘ldi

AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris Demokratik partiya delegatlarining 99 foiz ovozini oldi va prezidentlik sayloviga uning nomzodi ko‘rsatildi. U 6-avgust kuni vitse-prezident nomini aytishi kutilmoqda.

Kamala Harrisni prezidentlikka nomzodlik uchun yetarlicha demokrat qo‘llab-quvvatlaydi
23 iyul 2024, 20:24

Kamala Harrisni prezidentlikka nomzodlik uchun yetarlicha demokrat qo‘llab-quvvatlaydi

AQSh vitse-prezidenti Kamala Harrisni Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun yetarlicha delegat qo‘llab-quvvatlaydi, deb hisoblaydi AP. Rasmiy ovoz berish avgust oyida bo‘lib o‘tadi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, muvaffaqiyatli startga qaramay, Harrisni “ancha qiyinroq muammolar” kutib turibdi.

Bayden va Tramp prezidentlikka nomzodini qo‘yish uchun yetarli bo‘lgan ovozlarni to‘pladi
13 mart 2024, 21:13

Bayden va Tramp prezidentlikka nomzodini qo‘yish uchun yetarli bo‘lgan ovozlarni to‘pladi

Jo Bayden va Donald Tramp Demokratlar va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod sifatida rasman ko‘rsatilishi uchun yetarlicha ovoz oldi. Bu AQSh prezidentlik saylovlarida qariyb 70 yil ichidagi birinchi revansh uchrashuvi bo‘ladi.

Respublikachi Nikki Heyli AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqdi
7 mart 2024, 01:56

Respublikachi Nikki Heyli AQSh prezidentligi uchun kurashdan chiqdi

Donald Trampning partiyadagi yagona raqibi Nikki Heyli prezidentlik poygasini tark etishini ma’lum qildi. Ammo u hozirda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka yagona nomzod bo‘lib qolayotgan Trampni qo‘llab-quvvatlamadi.

Tramp 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinishda ayblanmoqda
15 avgust 2023, 14:45

Tramp 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinishda ayblanmoqda

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga to‘rtinchi bor jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Siyosatchi Jorjiya shtatida 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilishga urinishda ayblanmoqda. U jinoiy javobgarlik bilan qo‘rqitgan holda shtat hokimiyatidan unga qo‘shimcha ovozlarni “topish”ni talab qilgan.

Mayk Pens AQSh prezidentligi uchun kurashga kirishdi
6 iyun 2023, 17:16

Mayk Pens AQSh prezidentligi uchun kurashga kirishdi

AQShning sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lish uchun ariza topshirdi.

Respublikachi Ron Desantis AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi
25 may 2023, 16:36

Respublikachi Ron Desantis AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi

Florida gubernatori Ron Desantis 2024-yilda AQSh prezidentligiga nomzodini qo‘yishini ma’lum qildi. U Respublikachilar partiyasi nomzodligi uchun sobiq prezident Donald Tramp bilan kurashadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting